Osiyo o‘yinlari. Boksda O‘zbekistonning uchinchi vakili yarim finalda
Osiyo o‘yinlari O‘zbekiston boks jamoasining bugun ringga chiqqan uchinchi vakili ham g‘alaba qozondi.
-69 kg vazn toifasida turnirga tashrif buyurgan Bobousmon Baturov chorak finalda janubiy koreyalik Lim Hyunchulga qarshi ringga chiqib, 5:0 (27:26, 28:25, 27:26, 27:26, 28:25) hisobida g‘alaba qozondi.
Endi Bobousmon Baturov Osiyo o‘yinlari finaliga yo‘llanma olish uchun tailandlik Arde Saylom bilan yarim finalda jang qiladi.
Bundan oldinroq O‘zbekiston jamoasining -52 kg vazn toifasidagi vakili Jasurbek Latipov indoneziyalik Suguro Aldomsni 4:1 hisobida, -60 kg vazn toifasi vakili Shunqor Abdurasulov esa qirg‘izistonlik Qodirbek Argen uluni 3:2 hisobida yengib yarim finalga chiqqandi.
Yarim final janglari 31 avgust kuniga belgilangan.
Mavzuga oid

10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi

08:07 / 06.04.2025
Bahodir Jalolov ukrainalik raqibni mag‘lub etdi

12:16 / 04.04.2025
Mo‘ydinxo‘jayev va Xoldorov jahon kubogini chorakfinaldayoq tark etdi

14:34 / 22.03.2025