Kriptovalyutalar futbolga ham kirib keldi
Kriptovalyutalar futbolga ham kirib kelmoqda. Italiya S Seriyasida ishtirok etuvchi «Rimini» klubi aksiyalari kriptovalyutaga sotilgan birinchi jamoa sifatida futbol tarixiga kirdi. Forbes`ning yozishicha, Quantocoin kompaniyasi klubning 25 foiz aksiyasini raqamli pullarda sotib olgan.
Ushbu jamoa oxirgi 25 yil davomida 3 marta bankrot deb topilgan edi. O‘tgan mavsumda u D Seriya chempioni bo‘lib, yuqoriroq ligaga ko‘tarilgan.
Quantocoin kompaniyasi hissadorlaridan biri Pablo Dananing ta'kidlashicha, kriptovalyutalardan foydalanish futboldagi korrupsiya darajasini kamaytirishga yordam beradi. U, shuningdek, kompaniya ushbu xaridi bilan cheklanib qolmasligi va yana boshqa klublarni ham sotib olish niyatida ekanini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
11:25 / 11.08.2024
Asosiy qimmatbaho metallar arzonlashdi, neft qimmatlashdi – Xalqaro moliya bozori sharhi
13:51 / 22.03.2024
Kriptovaluta: kelajak pulimi yoki moliyaviy pufak?
17:41 / 25.02.2024
Kriptovalutaning “onasi”. Sim orqali o‘g‘irlanayotgan milliardlar
17:51 / 18.11.2022