Video: Samarqand viloyatida 300 tonna baliq nobud bo‘ldi
Samarqand viloyati Payariq tumani hokimligi topshirig‘i bilan «Qorasuv» suv ombori suvi irrigatsiya ehtiyojlari uchun quyilishi oqibatida 300 tonna baliq nobud bo‘ldi.
Bu haqda Sevimli telekanalidagi Zamon ko‘rsatuvi davomida xabar qilingan.
Ta'kidlanishicha, suv omboridan suv qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun Payariq tumani hokimining topshirig‘iga binoan bir necha marta tushirilgan.
Shu bilan birga, suv ombori hududida baliq ko‘paytirish bilan o‘tgan yildan beri shug‘ullanib kelayotgan «Samarqandbaliqsanoat» korxonasi ko‘p millionlik zarar ko‘rgan.
«Baliqlarning har biri 5-6 kilogramm og‘irlikka ega. Biz ularni aholiga sotishimiz mumkin edi», - deydi tadbirkor.
20 avgust kuni Samarqand viloyati hokimi suvni suv omboriga qaytarish haqida topshiriq bergan, lekin bu qaror kech qabul qilingan.
«Barcha nobud bo‘lgan baliqlar yuzaga chiqib qolib, dahshatli film yoki ekologik falokat tasvirlangan rasmni eslatib yuborgan», - deyiladi ko‘rsatuv davomida.
Mavzuga oid
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
11:59 / 05.11.2024
O‘zbekistonlik olimlar Farg‘ona vodiysidan yangi baliq turini topdi
21:44 / 01.11.2024