Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo o‘yinlari. Yana ikki o‘zbekistonlik sambochi bronza uchun gilamga chiqadi
Osiyo o‘yinlarining o‘n uchinchi kunida sambo bo‘yicha bahslar o‘tkazilmoqda.
Erkaklar o‘rtasidagi musobaqada O‘zbekiston sharafini -52 kg vazn toifasida himoya qilayotgan Islom Ahmedjanov ilk bahsdayoq tojikistonlik raqibi Jomi Hasaniydan yengildi (0:4). Jomi Hasaniy yarim finalga yetib borgach, Ahmedjanovda bronza uchun o‘tish o‘yinlarida ishtirok etish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Shundan so‘ng u 3 bosqichdan iborat o‘tish o‘yinlarida qatnashdi. Ahmedjanov avvaliga eronlik Sohil Jamalabadiy ustidan g‘alaba qozondi (2:0), keyingi bosqichda indoneziyalik Mavlana Muttaqindan ustun keldi (4:0). Final bosqichida esa yaponiyalik Kota Yamamotoga qarshi gilamga chiqqan Islom Ahmedjonov yana g‘alaba qozondi (4:0).
Endi u bronza medali uchun qozog‘istonlik Beymbet Kanjanovga qarshi gilamga chiqadi.
Shu vazn toifasidagi yana bir o‘zbekistonlik sambochi Ahmad Rahmatulloyev nimchorak finalda indoneziyalik Muhammad Vahyudi to‘sig‘idan o‘tdi (3:1). Ammo chorak finalda qozog‘istonlik Beymbet Kanjanovga mag‘lub bo‘ldi (1:3). Shundan so‘ng bronza medal uchun o‘tish bahslarida ishtirok etgan Rahmatulloyev avvaliga tojikistonlik Somon Sangov bilan bellashdi va g‘alaba qozondi (3:0). Uning ikkinchi bosqichdagi raqibi suriyalik Husn Munir bo‘ldi. U bu raqibini ham taslim etdi (3:0).
Endi u bronza medal uchun tojikistonlik Jomi Hasaniy bilan bellashadi.
Bundan avvalroq O‘zbekiston sambo jamoasining ikki vakili, -48 kg vazn toifasida turnirga kelgan Madina Turg‘unboyeva va Nodira Gulova o‘zaro kurash olib borishi ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
15:59 / 24.06.2021
O‘zbekistonlik sambochi Dilshod Choriyev 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi
23:37 / 24.03.2021
Sambo bo‘yicha jahon chempionati Moskvadan Toshkentga ko‘chirildi
12:17 / 25.12.2020
Andijonda sambo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi
16:55 / 26.11.2019