Sport | 16:51 / 31.08.2018
5558
1 daqiqa o‘qiladi

Osiyo o‘yinlari. Mirzaxalilov ham finalda. U oltin uchun KXDR vakiliga qarshi jang qiladi

O‘zbekiston boks jamoasining yana bir vakili Osiyo o‘yinlarining finaliga yo‘l oldi.

-56 kg vazn toifasidagi Miraziz Mirzaxalilovning yarim finaldagi raqibi mezbon mamlakat sportchisi Amoragam Sunan Agung bo‘ldi.

3 raund yakuniga ko‘ra hakamlar Mirzaxalilovning 5:0 (29:28, 30:27, 30:26, 30:26, 29:27) hisobidagi g‘alabasini qayd etishdi.

Uning finaldagi raqibi shimoliy koreyalik Jo Xyo Nam bo‘ladi. U yarim finaldan jangsiz o‘tdi, uning raqibi xitoylik Xu Boxiangga texnik mag‘lubiyat yozildi.

Shu tariqa, Osiyo o‘yinlari finalida oltin medal uchun jang qiladigan o‘zbekisonlik bokschilar soni 5 nafarga yetdi. Bungacha -49 kg vazn toifasidagi Hasanboy Do‘smatov, -52 vazn toifasidagi Jasurbek Latipov, -60 kg vazn toifasidagi Shunqor Abdurasulov hamda -69 kg vazn toifasidagi Bobousmon Baturov final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid