Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda zo‘ravonlik bilan o‘zgalar pulini o‘zlashtirgan yo‘lto‘sarlar qo‘lga olindi
Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumanida 31 avgust kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi N.X. va R.O. tuman IIBga murojaat qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ular shu kuni “Uchtepa” MFY hududida N.X. boshqaruvidagi “Zil-130” rusumli yuk avtomashinasida ketayotganida 2 nafar noma'lum shaxs “Neksiya” rusumli avtomashinasi bilan ularning yo‘lini to‘sib, avtomashinadan tushirib, kuch ishlatish yo‘li bilan 500 ming so‘m pul talab qilganini va ulardagi 97 000 so‘m pulni olib, voqea joyidan yashiringanliklarini ma'lum qilganlar.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Past Darg‘om tumanida yashovchi U.S. va Ch.R. sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
08:50 / 21.05.2025
4 oyda zo‘ravonlikka uchragan 2 mingdan ortiq xotin-qizga yordam ko‘rsatildi
18:43 / 16.05.2025