Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saloh Misr terma jamoasi o‘yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
8 sentabr kuni Afrika millatlari kubogi saralash bosqichi doirasida Misr terma jamoasi Niger terma jamoasi bilan uchrashdi.
Uchrashuv misrliklarning 6:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Bu uchrashuv Misr terma jamoasining yangi bosh murabbiyi, meksikalik Xaver Agirre boshchiligidagi birinchi o‘yin bo‘ldi.
Agirre Misrga JCh-2018’dan keyin murabbiylik qila boshlagan. U jahon chempionatidan keyin iste'foga ketkazilgan argentinalik mutaxassis Ektor Kuper o‘rnini egallagandi.
Uchrashuvning bosh qahramoni hujumchi Muhammad Saloh bo‘ldi. U o‘z hisobiga 2ta gol va 2ta golli pasni yozib qo‘ydi.
Salohning gollari soni ko‘proq bo‘lishi ham mumkin edi, biroq 26 yoshli futbolchi 2 ta 11 metrlik jarima to‘pini amalga oshira olmadi.
Shuningdek, Misr tarkibida Marvan Muhsin o‘z hisobiga 2 ta, Ayman Ashraf va Muhammad Al-Nanni bittadan gol yozib qo‘ydi.
Mavzuga oid
17:42 / 24.05.2025
Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
14:29 / 11.04.2025
«Liverpul» Muhammad Saloh bilan shartnomani uzaytirdi
09:43 / 28.04.2024
Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish
08:52 / 19.10.2023