Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chempionlar ligasi va Yevropa ligasidan keyingi o‘rinda turuvchi yana bir yevrokubok joriy etiladi
2021/22 yilgi mavsumdan Yevropada Chempionlar ligasi va Yevropa ligasidan keyingi o‘rinda turuvchi uchinchi yevrokubok o‘tkazila boshlanadi. Bu haqda Yevropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) prezidenti Andrea Anelli Splitda o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida ma'lum qilgan.
Uning aytishicha, UYeFA klublar o‘rtasidagi uchinchi yevrokubok musobaqasi uchun ruxsat bergan.
«UYeFAning ruxsatini kutayotgan edik. Mana endi uchinchi musobaqani yaratish yo‘lida «yashil chiroq» yondi. Bu turnir 2021/22 yillar mavsumidan e'tiboran 96 klub bilan start oladi», - deya Anellining so‘zlarini keltirib o‘tdi Football Italia.
Yevropa kubogi deb nomlanuvchi yangi musobaqa formati hozircha noma'lum, biroq u 90-yillarga qadar o‘tkazib kelingan Kubok egalari kubogi bilan o‘xshash bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Kubok egalari kubogi 1960-1999 yillar oralig‘ida o‘tkazilgan bo‘lib, unda UYeFAga a'zo mamlakatlar kubogini qo‘lga kiritgan klublar ishtirok etgan.
Ayni vaqtda Yevropada ikkita yirik xalqaro turnir bor. Chempionlar ligasi guruh bosqichida 32, Yevropa Ligasi guruh bosqichida esa 48 jamoa ishtirok etadi.
Avvalroq Yevropa kubogining yo‘lga qo‘yilishi bilan Yevropa ligasining guruh bosqichi ishtirokchilari soni 48tadan 32 taga qisqarishi ma'lum qilingan. Shuningdek, ushbu turnirning muxlislar hamda reklama beruvchilar uchun jozibasi oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
20:46 / 25.03.2025
Blatter va Platini moliyaviy firibgarlik ishi bo‘yicha yana oqlandi
14:42 / 22.12.2023
«Qonuniy kuzir». Superliga mashmashalarining navbatdagi bosqichi haqida
23:25 / 21.12.2023
Sud FIFA va UYeFAning Superligani o‘tkazishga qo‘ygan taqiqini bekor qildi
10:58 / 09.10.2023