Foto: Chilonzorda yo‘l ostidagi suv quvuri portlab ketdi
Toshkent shahri, Chilonzor tumani hududida joylashgan Qatortol ko‘chasida issiqlik suvi ta'minotining avtomobil yo‘li ostidan o‘tgan qismida portlash sodir bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqda ushbu hodisa suratlari tarqalmoqda.
Hodisa taxminan soat 10:00 atrofida ro‘y bergan.
Guvohlarning ma'lumot berishicha, yo‘l ostidagi suv quvuri kutilmaganda portlab ketishi oqibatida yo‘l qoplamasi jiddiy zararlangan, eng yaqin masofada turgan «Spark» avtomobili ham jiddiy ziyon ko‘rgan. Shuningdek, atrofdagi yana bir necha avtomobilga turli darajada zarar yetgan.
«Qatortoldagi issiq suv portlab ketdi. Suv balandligi 30 metrgacha yuqoriga ko‘tarildi. Kamida ikkita mashina zarar ko‘rdi», deya ma'lumot bergan guvohlardan biri.
Yana bir guvoh suv 4 qavatli uy balandligida yuqori o‘rlaganini aytgan.
Hodisa oqibatida yo‘lda tirbandlik yuzaga kelgan.
Mavzuga oid
12:41 / 10.11.2024
Toshkentda litsey o‘qituvchisi o‘quvchini do‘pposladi
15:30 / 22.10.2024
Toshkentda Lacetti ikki piyodani urib yubordi
21:29 / 27.09.2024
Chilonzorda “dom” qurmoqchi bo‘lgan firma mansabdorlari tergovga tortildi
16:18 / 25.09.2024