Rossiya mudofaa vazirligi Donbassda urib tushirilgan Boeing halokati bo‘yicha yangi ma'lumotlarni e'lon qildi

Foto: RIA Novosti
Rossiya mudofaa vazirligi Donbassda Malayziya havo yo‘llariga qarashli Boeing 777 samolyoti halokati bo‘yicha brifing o‘tkazdi.
Unda ma'lum qilinishicha, fojia yuz bergan joyda topilgan bo‘laklar orqali raketaning bort raqamini aniqlashga muvaffaq bo‘lingan. Raketa 1986 yilda Dolgoprudniydagi ilmiy-ishlab chiqarish korxonasida ishlab chiqarilgan.
Mudofaa vazirligi ushbu korxonada ishlab chiqarilgan 9M38 (“Buk” zenit-raketa majmuasi uchun mo‘ljallangan raketa) bo‘yicha mahsulot qabul qilish jurnalida qayd etilgan raketaning harakatlanishi haqidagi ma'lumotlarni e'lon qildi.
Vazirlikning raketa-artilleriya bosh boshqarmasi boshlig‘i general-leytenant Nikolay Parshinning so‘zlariga ko‘ra, raketa 1986 yil dekabrda Prikarpat harbiy okrugi tarkibida bo‘lgan Ukraina SSR Ternopol oblastida joylashgan 223-zenit-raketa brigadasiga jo‘natilgan.
Keyinchalik 223-brigada 223-zenit-raketa polki deb nomlana boshlagan va hozirda Striy shahrida (Ukraina) joylashgan.
Raketa Ukraina harbiy kuchlariga tegishli va Rossiya hududiga qaytarilmagan, dedi Parshin.

Amsterdamdan Kuala-Lumpurga MN17 reysi bilan uchayotgan Malayziyaning Boeing-777 samolyoti 2014 yil 17 iyulda Ukraina sharqida Donetsk yaqinida halokatga uchragandi. Samolyotda bo‘lgan 298 kishining barchasi halok bo‘lgan.
Kiyev fojiada isyonchilarni aybladi. Ular esa bunday balandlikdagi havo kemasini urib tushiradigan vositaga ega emasligini bildirishdi.
Xalqaro ekspertlar guruhi Boeing urib tushirilgan "Buk" zenit-raketa majmuasi Rossiyadan Ukrainaga olib o‘tilganini, so‘ngra yana qaytarib Rossiyaga olib ketilganini bildirdi.
Moskva esa surishtiruv xulosasi faqatgina Ukrainadan olingan ma'lumotlar asosida chiqarilganini bildirdi va bu ayblovni asossiz deb atadi.
Mavzuga oid

16:53 / 11.04.2025
Vashingtonda bortida kongressmenlar bo‘lgan ikki samolyot to‘qnashib ketdi

23:36 / 26.03.2025
Alyaskada samolyot muzlagan ko‘l ustiga quladi. Uning ichida bo‘lgan oila 12 soatdan keyin qutqarildi

15:47 / 26.03.2025
Fransiyada samolyot parvoz vaqtida yo‘qolgan telefon tufayli shoshilinch ortga qaytdi

23:51 / 25.03.2025