Sport | 17:30 / 18.09.2018
24330
1 daqiqa o‘qiladi
Kikboksing bo‘yicha besh karra Yevropa chempioni uyida o‘lik holda topildi
Rossiyalik kikbokschi Diana Karateyeva o‘zining Abakandagi uyida (Xakasiya) o‘lik holda topildi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.
Sportchining jasadini uning do‘stlari topishgan. Dastlabki taxminga ko‘ra, 23 yoshli Karateyeva is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etgan. Fojia tafsilotlari surishtiruv ishlari yakunlanganidan so‘ng ma'lum qilinishi aytilmoqda.
Karateyeva kikboksing bo‘yicha Yevropa chempionatida besh marta g‘olib chiqqan. U shuningdek, Rossiya terma jamoasining sobiq a'zosi bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:09 / 10.07.2018
O‘zbekiston tarixida ilk marta ayol sportchi og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
13:58 / 26.05.2017
AlphaGo dasturi go bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
19:01 / 27.03.2017
16 yoshli o‘smir 111 ta beton blokni 35 soniyada parchalab tashladi
14:52 / 05.12.2016