Jahon | 08:38 / 19.09.2018
7431
2 daqiqa o‘qiladi

BMT Bosh assambleyasining 73-sessiyasi o‘z ishini boshlamoqda  

Foto: EPA

BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida 18 sentabrda BMT Bosh assambleyasining 73-sessiyasi ochiladi. 

Sessiyaning mavzusi “BMTni barcha odamlar manfaatlariga yaqinroq qilamiz: tinch, adolatli va barqaror jamiyatlarni qo‘llab-quvvatlashdagi global yetakchilik va umumiy javobgarlik” kabi bo‘ladi. 

Kun tartibiga xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash, qurolsizlanish, barqaror taraqqiyot, inson huquqlari, gumanitar yordam, odil sudlovga ko‘mak berish va xalqaro huquqni rivojlantirish kabi sohalarni qamrab olgan 175 dan ko‘proq masalani kiritish rejalashtirilgan.

Bosh assambleyaning raisi, Ekvador tashqi ishlar va migratsiya vaziri Mariya Fernanda Espinosa Garses sessiyaning asosiy ustuvor vazifalari sifatida BMTni yanada isloh qilish, ixtiloflarni bartaraf etish, inson huquqlarini ta'minlash, gender tenghuquqlik va adolatsizlikni yengish kabilarni ajratib ko‘rsatgan.

Bosh assambleyada migratsiya va qochqinlar bo‘yicha global kelishuvlarni qabul qilish va iqtisodiy taraqqiyotga ko‘mak mavzulariga ham alohida e'tibor qaratiladi. 

Mavzuga oid