Fan-texnika | 14:15 / 19.09.2018
24758
1 daqiqa o‘qiladi

Internetda Samsung Galaxy S10’ning surati paydo bo‘ldi

Samsung mobil bo‘linmasi rahbari Don-Jin Kox Xitoy OAV bilan suhbatda kompaniyaning bo‘lajak flagmani bo‘lgan Galaxy S10 tashqi ko‘rinishi bilan ilgarigilardan ancha farq qilishini aytdi. Internetda yangi smartfonning ilk fotolari paydo bo‘ldi.

Suratdan anglanishicha, Galaxy S10’ning old kamerasi ekran ostida joylashadi, ammo undan foydalanilmagan vaqtda kamera ko‘rinmasdan turadi. Ekranda hech qanday suriladigan konstruksiya yoki o‘yiqlar bo‘lmaydi, smartfonning romi maksimal darajada ingichka bo‘ladi.

Ma'lum qilinishicha, surat haqiqiy bo‘lmasligi ehtimoli ham mavjud.

Avvalroq Samsung kompaniyasi Galaxy J smartfonlarini ishlab chiqarishdan voz kechmoqchiligini, ularning o‘rnini Galaxy M turkumidagi smartfonlar egallashi haqida xabar qilingandi.

Mavzuga oid