Jahon | 00:05 / 22.09.2018
4450
1 daqiqa o‘qiladi

Tanzaniyada parom cho‘kishi qurbonlari xotirasiga 4 kunlik motam e'lon qilindi

Foto: REUTERS / TV

Tanzaniya prezidenti Jon Magufuli Viktoriya ko‘lida yo‘lovchi paromi cho‘kishi oqibatida yuzlab odamlar halok bo‘lgani munosabati bilan 4 kunlik motam e'lon qildi. 

“Men bugundan boshlab 4 kunlik motam e'lon qilishga qaror qildim”, deb aytgan Magufuli.

Avvalroq xabar qilinganidek, parom 20 sentabrda Yukora oroli prichalidan 50 metr narida to‘nkarilib ketgan. Bu payt parom bortida 200 kishi – u ko‘tara oladigandan 2 marta ko‘proq odam bo‘lgan. Bundan tashqari, paromga turli yuk, jumladan makka solingan qoplar, banan va sement ortilgan bo‘lgan. Parom cho‘kishi oqibatida 136 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid