Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzaniyada cho‘kkan paromdan bir kishi tirik holda topildi
Qutqaruvchilar Tanzaniyadagi Viktoriya ko‘lida cho‘kib ketgan yo‘lovchi paromidan bort muhandisini tirik holda topishdi.
Muhandis paromning dvigatel bo‘limida berkinib olib, falokatdan keyin 2 kun davomida o‘sha yerda qolgan. U shifoxonaga yetkazilgan.
Tanzaniya prezidenti Jon Magufuli paromga chipta sotish bilan shug‘ullangan shaxslarni hibsga olishni buyurgan va mamlakatda 4 kunlik motam e'lon qilgan.
Falokat vaqtida paromda kamida 300 kishi bo‘lgan. Biroq ularning aniq sonini hisoblab chiqishning imkoni yo‘q, chunki kassa qurilmasi parom bilan birga cho‘kkan va sotilgan chiptalar to‘g‘risidagi yozuvni topib bo‘lmagan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 218 nafargacha yetgan. 40 dan ko‘proq yo‘lovchi qutqarib qolingan.
Parom 20 sentabrda Yukora orolidagi prichaldan 50 metr narida to‘nkarilib ketgan. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, parom bortida 400 ga yaqin, ya'ni me'yoridan ancha ko‘p odam bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:29 / 23.03.2025
Tanzaniyada ulkan daraxtlarning yangi turi aniqlandi
23:21 / 09.09.2024
Tanzaniyada o‘g‘irlab ketilgan muxolifat vakili o‘lik holda topildi. Uning yuziga kislota sepilgan
22:04 / 03.09.2024
Ozarboyjon va O‘zbekiston parom ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
01:03 / 02.11.2023