Jamiyat | 19:50 / 24.09.2018
8617
2 daqiqa o‘qiladi

“Fitna” serialining birinchi fasli tugadi! Ikkinchisi qachon boshlanadi?

Foto: My5

“Mening yurtim” telekanalida namoyish etilayotgan “Fitna” seriali qisqa muddatdayoq teletomoshabinlar qalbidan chuqur joy olib ulgurdi. Ayni paytda “Fitna” serialining birinchi fasli yakunlanmoqda. Ushbu faslning so‘nggi qismi 24 sentabrda teletomoshabinlar e'tiboriga havola qilinadi. Qisqa tanaffusdan keyin, ya'ni 8 oktabrdan boshlab “Mening yurtim” telekanalida  “Fitna” serialining ikkinchi fasli boshlanadi.

Foto: My5

Hozirda serialni suratga olish ishlari Turkiyada olib borilmoqda. Rejissyor Dilshod Ahmedovning ta'kidlashicha, “Fitna” seriali bu faslda yanada qiziqarli tus olib, kutilmagan voqealarga boy bo‘ladi. Qahramonlarning murakkab taqdir yo‘llari Vatandan olis yurtlarda to‘qnashadi. Zero, bugungi globallashuv jarayonlarida hayotimizda uchraydigan yovuz illatlar chegara yoxud makon tanlamaydi. Bu sinovlar girdobida qolgan serial personajlari ezgulik va yovuzlik kurashining asosiy ishtirokchilari sifatida og‘ir yo‘lni bosib o‘tadilar”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid