Sport | 00:20 / 24.09.2018
17338
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018 vaqtida Muhammad Salohga uyqu berilmagani ma'lum qilindi

Tifo Football YouTube-kanali Misr terma jamoasi va uning yetakchisi Muhammad Salohning Rossiyada o‘tgan JCh-2018’dagi ishtirokiga bag‘ishlangan videoni e'lon qildi. Materialda misrliklar o‘zlari musobaqa vaqtida mashg‘ulotlar o‘tkazish joyi sifatida tanlagan Grozniyda nimalar bilan shug‘ullanishgani haqida so‘zlangan.

Video muallifining ta'kidlashicha, Saloh birinchi mashg‘ulotga kelmagan, Checheniston rahbari mehmonxonaga futbolchining yoniga kelib, uni uyqudan uyg‘otib, shaxsan o‘zi mashg‘ulot bazasiga olib kelgan.

Materialda aytilishicha, Grozniyda Salohni shunchaki “suhbatini olish” uchun bir necha bor uyqudan uyg‘otishgan.

Bugungi kunning eng yaxshi futbolchilaridan biri Salohga uni siyosiy maqsadlarda qo‘llashlari yoqmagan, u o‘zini noqulay his qilgan va ehtimol ushbu holat Misr termasining musobaqadagi nursiz ishtirokiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Saloh jahon chempionatida ikkita uchrashuvda ishtirok etib, ikkita golga mualliflik qilgandi.   

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid