Sport | 20:12 / 28.09.2018
9750
2 daqiqa o‘qiladi

Silvio Berluskoni futbol klubi sotib oldi 

Foto Getty

Italiyaning sobiq bosh vaziri va “Milan” futbol klubining sobiq egasi Silvio Berluskoni Italiyaning 3-divizioni – S seriyada ishtirok etuvchi “Montsa” klubini sotib oldi. Bu haqda asoschisi Berluskoni hisoblanuvchi Fininvest SpA xoldingi bayonotiga iqtibos keltirgan holda Football Italia nashri ma'lum qildi. 

Xolding klubning 100 foiz aksiyasini sotib olgan. Klubning yangi direktorlar kengashiga “Montsa”ning sobiq prezidenti Nikola Kolombo boshchilik qiladi, uning tarkibiga Berluskonining ukasi Paolo, “Milan”ning sobiq vitse-prezidenti Adriano Galliani kirgan. Galliani shuningdek klubning bosh direktori lavozimini egallaydi.

1912 yilda tashkil etilgan “Montsa” klubi hech qachon A seriyada ishtirok etmagan. Klub eng yuqori natijaga 1955/1956 yillardagi mavsumda B seriyada 3-o‘rinni egallagan holda erishgan. 

Berluskoni 1986 yildan 2017 yilgacha “Milan”ning egasi bo‘lgan. Klub bu yillar davomida 8 marta Italiya chempionatida va 5 marta Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lgan. Berluskoni klubni 2017 yilda xitoylik tadbirkor Li Yunxunga 860 mln dollarga sotib yuborgan.

Mavzuga oid