Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston hukumati tibbiyot xodimlari maoshini oshirishga va'da berdi
2018 yilning 1 oktabrdan boshlab Qirg‘izistonda oilaviy shifokorlar va hamshiralar mehnati uchun qo‘shimcha haq to‘lashga doir yangi tizimi joriy qilinmoqda. Hukumat apparati axborot siyosati bo‘limida shu haqida xabar berildi.
Rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni tatbiq qilish uchun tibbiyot xodimlari ish haqining kafolatlangan qismi hisoblash tartibi va darajasi o‘zgarishsiz saqlanib qoldi.
To‘lovlarning yangi tartibi oilaviy shifokorlar va hamshiralar ishlarining individual natijalarini hisobga oladi. Shifokorning mehnatni baholash bo‘yicha belgilangan mezonlarga muvofiq aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish va natijaviylikka erishishga qo‘shgan hissasiga qarab qo‘shimcha ish haqi hisoblanadi.
"Sog‘liqni saqlash vazirligi natijaviylik mezonlarini belgilab berdi. Maksimal ko‘rsatkichlarda tibbiyot xodimlari maoshi umumiy hisobda ikki baravarga oshiriladi. Yangi tizimga ko‘ra, tibbiyot xodimlarining qo‘shimcha maoshi kafolatlangan ish haqi tarkibiga kirmaydi. Mamlakatning tog‘li va chekka hududlardagi faoliyati uchun koeffitsiyentni o‘z ichiga olmaydi", - deyiladi xabarda.
Tibbiyot xodimlarining ish haqi 1 oktabrdan 31 dekabrgacha - 157,5 million som, 2019 yilning 1 yanvaridan yiliga esa 630 million somni tashkil qilishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025