Jahon | 10:04 / 02.10.2018
3613
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyada yoqimsiz taomlar muzeyi ochiladi

Foto: Getty Images

31 oktabr kuni Shvetsiyaning Malmyo shahrida yoqimsiz taomlar muzeyi ochiladi. Bu haqda muzey asoschisi Semyuel Vest ma'lum qildi, deb xabar bermoqda The Independent.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, muzeyda, boshqa narsalar bilan bir qatorda, akulaning achigan go‘shti, buqa go‘shti, juda kuchli va yoqimsiz hidga ega bo‘lgan durian mevasi hamda Italiyaning Sardiniyasida mashhur bo‘lgan qurtli pishloq taqdim etiladi.

Vestning ta'kidlashicha, barcha eksponatlar haqiqiy bo‘ladi, sababi ularni ko‘rish «ancha qiziqarlidir».

«Tailanddan haqiqiy durianni ko‘rish (uning plastik nusxasidan ko‘ra) ancha qiziq», - deydi muzey direktori.

Muzeyga kirish uchun 185 Shvetsiya kronasi miqdorida haq to‘lanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid