Fan-texnika | 21:39 / 08.10.2018
4812
2 daqiqa o‘qiladi

Microsoft kompaniyasi Windows 10 yangilanmasi sababli fayllar o‘chib ketishini tan oldi

Foto: Richard B. Levine / Globallookpress.com

Microsoft korporatsiyasi Windows 10 operatsion tizimining 1809 versiyadagi yangilanmasini tarqatishni to‘xtatdi. Bu foydalanuvchilar operatsion tizim fayllarni o‘chirib yuborayotganidan shikoyat qilganlaridan keyin yuz berdi.

Kompaniyada ta'kidlanishicha, muammo hal qilinmaguncha yangilanma chiqarilmaydi.  

Operatsion tizimning yangi versiyasi 2 oktabrda chiqqan va bir necha kundan keyin foydalanuvchilar yangilanma “Mening hujjatlarim” (Moi Dokumenty) papkasidan fayllarni o‘chirib yuborayotganini ma'lum qila boshlashgan. Xabarlarga ko‘ra, bir foydalanuvchi 23 yil davomida yig‘gan 220 gigabayt ma'lumotdan mahrum bo‘lgan.

Bunda tizimning eski versiyasiga qaytish va ma'lumotlarni tiklashga mo‘ljallangan turli dasturlar foyda bermagan. Natijada jabr ko‘rgan foydalanuvchilarga taklif qilingan yagona narsa – ma'lumotlarni vaqti-vaqti bilan nusxalab turish zarurligi taklifi bo‘lgan.

Bundan tashqari, yangilanmadan keyin Intel’ning Skylake va yangi avloddagi protsessorlari bilan muammolar kuzatilgan. Bu protsessorga yuklamaning oshishi, noutbuklarda esa avtonom ishlash vaqtining ancha kamayishiga olib keladi. Kompaniyada bu muammolarga munosabat bildirilib, tizimni yangilash oldidan eski versiyaga qaytish mumkinligi haqida ogohlantirish chiqarila boshlangan.  

Mavzuga oid