Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasiga Germaniya mutaxassislari tashrif buyurdi
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi professor o‘qituvchilari va Germaniya Federativ Respublikasi (GFR) Qurolli kuchlari mutaxassislari ishtirokidagi harbiy hamkorlik doirasida mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mudofaa vazirligi matbuot xizmati KUN.UZ'ga shu haqida xabar berdi.
Uchrashuvda germaniyalik harbiy mutaxassis Klaus Xyutger “Tanqidiy infratuzilmalar” mavzusida ma'ruza qildi. Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston-Germaniya mudofaa vazirliklari tizimida olib borilayotgan yangicha yondashuvlar o‘zaro taqqoslanib, atroflicha muhokama qilindi.
Bundan tashqari, o‘sha kunning o‘zidayoq GFR Bundesverning Myunxen universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalarining tashrifi ham amalga oshirildi. Unda “Bundesverning Myunxen universitetida ofitserlarning ta'lim olish jarayoni”, “Askarlarni tayyorlash doirasida Bundesverning psixosotsial tarmog‘i” mavzularida ma'ruzalar tinglanib, har ikki davlat mudofaa vazirliklari tizimidagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilindi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025