O‘zbekiston | 19:46 / 08.10.2018
3922
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Turkmaniston delimitatsiya va demarkatsiya masalalarini muhokama qildi

2-8 oktabr kunlari Turkmanistonning Turkmanobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha qo‘shma O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston-Turkmaniston davlat chagarasining alohida uchastkalarida oldinroq o‘tkazilgan qo‘shma dala topografo-geodeziya ishlari natijalari ko‘rib chiqildi, shuningdek, keyingi dala ishlarini o‘tkazish muddatlari kelishildi.

Uchrashuv do‘stlik va o‘zaro tushunish muhitida o‘tdi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra Bayonnoma imzolandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев

Mavzuga oid