Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Petrov va Boshirov 2014 yilda Skripalni Chexiyada kuzatgan
Buyuk Britaniya hukumati tomonidan GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlashda ayblanayotgan rossiyaliklar Aleksandr Petrov hamda Ruslan Boshirov sobiq zobitni Chexiya Respublikasida kuzatib borishgan. Bu haqda «Chexiya radiosi» razvedka xizmatlaridagi manbaga asosan xabar qildi.
Radiostansiya ma'lumotlariga ko‘ra, rossiyaliklar 2014 yilning oktabrida Chexiya Respublikasiga borishgan. Xususan, Petrov 2014 yil 13-16 oktabr kunlari Ostrava shahridagi mehmonxonada bo‘lgan, so‘ng Pragaga jo‘nab ketgan. Manba ma'lumotlariga ko‘ra, Boshirov 11 oktabr kuni Chexiya poytaxtiga yetib borgan.
Skripal esa o‘sha yilning oktabr oyi ikkinchi yarmida Chexiyaga borib, ushbu davlat razvedkasi bilan uchrashmoqchi bo‘lgan, deb xabar qiladi radiostansiya. Iddao etilishicha, aynan Chexiya razvedkasi zobitlari GRU sobiq polkovnigiga kuzatuv olib borilayotganini aniqlashga yordam berishgan.
Bundan tashqari, «Chexiya radiosi»ning bildirishicha, Petrov va Boshirov mamlakatdan chiqarib yuborilgan ham bo‘lishi mumkin. Bu borada aniq ma'lumot yo‘q, lekin 2014 yilda Chexiya rasmiylari «xavfsizlik sababi» bilan mamlakatdan uch nafar rossiyalikni chiqarib yuborgan.
May oyida ommaviy axborot vositalari Sergey Skripal Chexiya razvedka xizmatlari bilan hamkorlik qilgani haqida yozgandi. O‘shanda u 2012 yilda Pragada bo‘lgani xabar qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Aleksandr Petrov»ning haqiqiy ismi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
14:33 / 22.09.2021
Skripallarning zaharlanishi. Britaniya yana bir gumonlanuvchiga ayblov e'lon qildi
08:30 / 15.06.2020
Skripallarni zaharlashda ishlatilgani aytilgan «Nukus zahri» chindan ham mavjudmi?
00:01 / 08.06.2020
Manba: Sergey Skripal va qizi boshqa ism bilan Yangi Zelandiyada yashamoqda
17:08 / 04.03.2019