Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada o‘q-dori omborlarini qo‘riqlash kuchaytirildi
Ukraina Mudofaa vazirligi Chernigov oblastida joylashgan o‘q-dorilar omborida sodir bo‘lgan yong‘indan keyin mamlakat arsenallarini qo‘riqlash ishlari kuchaytirilishi haqida xabar berdi, deb ma'lum qilmoqda RIA Novosti.
«Bosh shtab boshlig‘i - Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni, Ukraina armiyasi generali Viktor Mujyenkoning buyrug‘i bilan Ukrainaning butun hududida joylashgan o‘q-dorilarni saqlash uchun omborlari va arsenallarining xavfsizligi hamda qo‘riqlash ishlari kuchaytirildi», - deya xabar qilishgan vazirlikdan.
Shuningdek, vazirlikdan ta'kidlashlaricha, yaqin vaqt ichida yana uchta o‘t o‘chirish tanki voqea joyida ishlayotgan muhandislik va yong‘in texnikasiga kelib qo‘shilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina vaziri Rossiyani harbiy ombordagi portlashlarda ayblagandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025