Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainadagi aeroportlardan birining asfalti sotuvga qo‘yildi
Ukrainaning SeTAM davlat korxonasi xodimlar maoshi bo‘yicha qarzni uzish maqsadida Cherkass shahridagi xalqaro aeroportning asfaltini sotuvga qo‘ydi. Bu haqda Ukraina adliya vazirligi saytida ma'lum qilingan.
10 ming tonna ko‘chirib olingan asfaltbetonning boshlang‘ich narxi 1230000 grivenga baholangan. Aeroportning maosh bo‘yicha qarzi esa bir million grivendan ko‘proqni tashkil qiladi. Auktsion 11 oktabrda o‘tkaziladi.
Ta'kidlanishicha, 1997 yilda aeroport samolyotlarni qabul qilishni to‘xtatgan, 2001 yilda esa moliyalashtirish bilan bog‘liq muammolar sababli yopilgan. 2007 yilda aeroport yangi sertifikat olib, yana ishini boshlagan. 2007 yildan 2009 yilgacha rekonstruksiya qilingan, unda uchish-qo‘nish polosasi va aerovokzal tiklangan.
Ushbu aeroport kutilmagan vaziyatlar va yomon ob-havo sharoiti holatlariga zaxira aeroporti sifatida xizmat qilgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025