O‘zbekiston | 11:40 / 17.10.2018
17461
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston TIV O‘zbekistondagi elchi bo‘yicha ayblovlarni izohladi

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi 380 ming dollar mablag‘ni o‘g‘irlashda gumonlanayotgan mamlakatning O‘zbekistondagi elchisiga qo‘yilgan ayblovlarni izohladi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Oybek Smadiyorovning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi bo‘yicha masala vazirlik sobiq mas'ul kotibi Anarbek Karashevga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari doirasida ko‘tarildi.

Oybek Smadiyorov
Foto: kp.kz

«Bizning prinsipial pozitsiya shundan iboratki, biz har qanday moliyaviy qonunbuzarliklarni aniqlashimiz va oldini olishimiz kerak. Vazirlik tergov organlariga barcha tomonlama ko‘mak ko‘rsatmoqda», - deya xabar berdi u.

Avvalroq, Qozog‘istonning korrupsiyaga qarshi kurashish milliy byurosi tomonidan Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi yirik miqdorda byudjyet mablag‘larini o‘g‘irlagani aniqlangani xabar berilgandi.

Yerik Utembayev
Foto: Xalqaro press-klub

Qozog‘istonning korrupsiyaga qarshi kurashish milliy byurosi tomonidan Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Yerik Utembayev yirik miqdorda byudjyet mablag‘larini o‘g‘irlagani aniqlandi. U mas'uliyatli davlat lavozimini egallagan holda Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasi ma'muriy binosi qurilishi bo‘yicha bajarilgan ishlar haqidagi soxta dalolatnomani imzolagan. Uning noqonuniy harakatlaridan ko‘rilgan zarar 140 mln tengedan (378,2 ming dollar) oshib ketgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid