Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muborak tumanidagi harbiy qism uchun madaniyat saroyi foydalanishga topshirildi
Joriy yilning 17 oktabr kuni Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida joylashgan “N”-harbiy qism inshootlari qaytadan ta'mirlanib, sport-sog‘lomlashtirish maskani va madaniyat saroyi qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda KUN.UZ’ga Qashqadaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Marosimda viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev ishtirok etdi va so‘zga chiqdi. Tadbirda so‘zga chiqqan viloyat hokimi O‘zbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida harbiy sohada va unda xizmat qilib kelayotganlarning oila a'zolari uchun yaratilgan shart-sharoitlar xususida so‘z yuritdi. Shuningdek, u harbiy qismda qurilish ishlarini olib borgan tashkilotlar raxbarlari hamda qurish va ta'mirlash ishlarida ishtirok etganlarga minnatdorchilik bildirdi. Tadbirda harbiy qism harbiy xizmatchilari uchun viloyat hokimligi nomidan 15 ta kompyuter jamlanmasi sovg‘a sifatida topshirildi.
Tadbir yakunida viloyat musiqali drama teatri rejissyori O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi Isoq To‘rayev boshchiligida harbiy qismning foydalanishga topshirilgan madaniyat saroyida “Ta'zim qil” deb nomlangan konsert dasturi namoyish etildi.
Sarvar Anvar o‘g‘li,
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid
15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi
17:18 / 08.02.2025
“Sen qulsan” – Kosonda kelinini muntazam xo‘rlab kelgan qaynota va qaynona hamda ularning o‘g‘li ozodlikdan mahrum qilindi
11:02 / 15.12.2024
Taxtiqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi
18:04 / 06.11.2024