Jahon | 21:40 / 19.10.2018
5909
1 daqiqa o‘qiladi

Istanbulda Suriya bo‘yicha to‘rt tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tadi

Istanbulda Turkiya, Rossiya, Fransiya va Germaniya yetakchilari Suriya inqirozini hal qilishning barqaror yo‘llarini muhokama qilishadi. Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Qalinning ma'lum qilishicha, to‘rt tomonlama uchrashuv 27 oktabrda bo‘lib o‘tadi. 

Uchrashuvda Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Vladimir Putin, Emmanuel Makron va Angela Merkel Suriyadagi vaziyat, xususan Idlib bo‘yicha kelishuvlarning amalga oshirilishi, ixtilofni siyosiy hal qilish jarayonini muhokama qilishadi. 

Shuningdek, yetakchilar Suriyadagi ixtilofni hal qilishning mumkin bo‘lgan barqaror yo‘llari bo‘yicha fikrlar almashishadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid