O‘zbekiston | 16:59 / 19.10.2018
4949
1 daqiqa o‘qiladi

Plastik kartalardagi ma'lumotni yangi dasturiy ta'minot himoya qiladi

Yagona umumrespublika protsessing markazi (YaUPM) Litvaning ASHBURN International kompaniyasi ishlab chiqqan TransLink.iQ dasturiy ta'minotini joriy etadi, deb yozmoqda Norma

Qayd etilishicha, bu tashkilotlar o‘rtasida imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutilgan.
 
TransLink.iQ dasturiy yechimi quyidagi imkoniyatlarni beradi:  

• POS terminallari tarmog‘ini boshqarish;
• POS terminallarida bank kartochkalari yordamida to‘lov operatsiyalarini amalga oshirish;
• kartochkadagi operatsiyalarni bank-ekvayyerga xavfsiz va tezkor uzatish;
• tashqi tizimlar bilan integratsiyalanish;
• POS terminali dasturiy ta'minotini masofadan turib yangilash;
• POS terminallari funksionalini masofadan turib kengaytirish va o‘zgartirish;
• POS terminallari tarmog‘i ishini monitoring qilish;
• hisobotlar tuzish imkoniyati.
 
Ushbu dasturiy yechimning joriy etilishi kartalar egalari va saqlovchilarining shaxsiy ma'lumotlari himoyalanishi darajasini oshirish imkonini beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid