Jamiyat | 18:45 / 19.10.2018
25174
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda qizning turmushga chiqishiga qarshilik qilgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Illyustrativnyy foto

16 oktabr kuni Sergeli tuman IIBga 25 yoshli M.N. ismli qiz Toshkent viloyatida yashovchi 27 yoshli Z.B.ga nisbatan chora ko‘rishlarini  so‘rab ariza bilan murojaat qildi, deb xabar beradi poytaxt IIBB.

Arizachi arizasida Z. B. bilan tanishib, u bilan bir oz vaqt gaplashganini, ammo uning oilali ekanligini bilganidan so‘ng u bilan muloqot qilishni to‘xtatganini bildirgan.

«Ammo erkak uni muloqotni to‘xtatmaslikka majbur qiladi va qiz turmushga chiqayotganini bilganidan keyin uning turmushga chiqishiga qarshilik ko‘rsatishga urinadi», - deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, mazkur holat yuzasidan Z. B.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining  136-moddasi («Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish») bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Mavzuga oid