Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda ro‘yxatga olinmagan telefonlar o‘chiriladi
Qozog‘istonda o‘z IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazmagan abonentlarga aloqa xizmatlari ko‘rsatilmaydi. Bundan Qozog‘iston ichki ishlar vazirligi ogohlantirdi.
2019 yil 1 yanvardan abonent qurilmalarini IMEI-kod + SIM-karta + shaxsning STIRi sxemasi bo‘yicha majburiy ro‘yxatdan o‘tkazishi qoidalari amal qiladi.
“Ro‘yxatdan o‘tmagan abonentlarga aloqa xizmati ko‘rsatilmaydi. Shu munosabat bilan fuqarolar o‘z qurilmalarini yil oxirigacha ro‘yxatdan o‘tkazishlari lozim. Uyali aloqa operatorlari filiallarida katta tirbandliklardan qochish maqsadida ro‘yxatdan oldinroq o‘tishni tavsiya qilamiz”, deb aytilgan ichki ishlar vazirligida.
Vazirlikda tushuntirilishicha, bu ishlar birinchi navbatda fuqarolar manfaatlarini himoyalash maqsadida amalga oshirilmoqda. Agar kishining telefoni ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin o‘g‘irlansa, u holda baza bo‘yicha undan kim foydalanayotganini aniqlash mumkin bo‘ladi. Aloqa operatorlarida bazada qurilmaning IMEI-kodi o‘g‘irlangan sifatida hisobda turgan bo‘lsa, uni bloklash imkoni bo‘ladi.
Mavzuga oid
16:22 / 24.05.2025
Bola ko‘ziga telefon zararini kamaytirish uchun nima qilish kerak? – oftalmolog javob berdi
15:47 / 26.03.2025
Fransiyada samolyot parvoz vaqtida yo‘qolgan telefon tufayli shoshilinch ortga qaytdi
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025