O‘zbekiston | 17:03 / 22.10.2018
3302
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston «Yevroosiyo haftaligi»da qatnashadi

O‘zbekiston vakillari «Yevroosiyo haftaligi» Xalqaro forumida ishtirok etishadi, u 22 oktabr, dushanba kuni Yerevanda boshlanadi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi veb-saytida ma'lum qilindi.

«22-24 oktabr kunlari Yerevanda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) hududidagi davlat amaldorlari, tartibga soluvchi idoralar va biznes vakillarining eng yirik sammiti bo‘lib o‘tadi. «Yevroosiyo haftaligi 2018»ning asosiy maqsadi - Ittifoq mamlakatlari hududida qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, ishlab chiqarish aloqalarini mustahkamlash, eksport salohiyatini rivojlantirish, xorijiy sarmoyadorlar uchun jozibador sharoitlar yaratish», - deyiladi xabarda.

Tadbirda ikki mingga yaqin ishtirokchi va 150 nafardan ortiq ma'ruzachilar, shu jumladan, YeOIIga a'zo davlatlar bosh vazir o‘rinbosarlari va hukumat vazirlari, davlat korporatsiyalari rahbarlari hamda biznes vakillari ishtirok etadi.

Qatnashchilar orasida Rossiya, Armaniston, Afg‘oniston, O‘zbekiston, Belarus, Vengriya, Germaniya, Gruziya, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Kamboja, Qirg‘iziston, Xitoy, Litva, Moldova, Nigeriya, Niderlandiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya, AQSh, Tojikiston, Qatar, Fransiya, Argentina, Ispaniya, Ukraina vakillari bor.

Dastur doirasida 30dan ortiq muhokama tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid