Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya va KXDR o‘rtasidagi 11 ta post demontaj qilinadi
Shimoliy Koreya, Janubiy Koreya va asosan AQSh tomonidan taqdim qilingan BMT qo‘mondonligi Birlashgan xavfsizlik hududidagi 11 ta qo‘riqlash postini demontaj qilish va u yerdan barcha qurollarni olib chiqishga kelishib oldi. Bu haqda Janubiy Koreyaning milliy mudofaa vazirligi uch tomon vakillari muzokaralari yakunlariga ko‘ra ma'lum qildi.
Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, yil oxirigacha Janubiy va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi harbiy-demarkatsion chiziqdan bir kilometr radiusda joylashgan 11 ta qo‘riqlash posti demontaj qilinadi, chunki ularning bir-biriga yaqinligi qurolli to‘qnashuv xavfini oshirishi mumkin. Shuningdek, shu sababga ko‘ra Pxanmundjom punktidagi Birlashgan xavfsizlik hududidan barcha qurolni olib tashlash va u yerdagi harbiylar sonini har bir tomondan 35 nafargacha qisqartirish rejalashtirilmoqda.
Janubiy Koreya va KXDR chegarasida joylashgan Pxanmundjomdagi xavfsizlik hududi asosan amerikalik harbiylardan iborat BMT qo‘mondonligi yurisdiksiyasi ostida hisoblanadi. Uning qurolsizlantirilishi bo‘yicha kelishuv Janubiy Koreya va KXDR yetakchilari o‘rtasida erishilgan.
Ushbu hudud 1950-1953 yillarda Koreya urushi tugagandan keyin yaratilgan. Bu Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya harbiylari bir-biriga bevosita yaqinlikda bo‘lgan chegaradagi yagona hudud bo‘lib, ikki davlat harbiylarini bir necha metrlargina ajratib turadi. Avval bu hududda bir necha bor qurolli ixtiloflar yuz bergan.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025