O‘zbekiston | 11:53 / 24.10.2018
4904
2 daqiqa o‘qiladi

PwC «Xavfsiz shahar» loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha tenderda g‘olib bo‘ldi

Foto: Bloomberg

«Xavfsiz shahar» yagona apparat-dasturiy kompleksini yaratish bo‘yicha loyihani amalga oshirilishini muvofiqlashtirish Komissiya yig‘ilishining 2017 yil 23 dekabrdagi 1-son bayonnomasiga muvofiq «Xavfsiz shahar» tizimi doirasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda konsalting xizmatlarini ko‘rsatishda xalqaro konsultant jalb qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Ma'lum bo‘lishicha, «Xavfsiz shahar» kompleksi doirasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda konsalting xizmatlarini ko‘rsatishda halqaro konsultant jalb qilish bo‘yicha tenderda Germaniya, Rossiya, Xitoy, Isroil hamda mahalliy kompaniyalar o‘z takliflari bilan ishtirok etishdi.

«Xavfsiz shahar» kompleksi doirasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda konsalting xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha xalqaro konsultantni tanlash Komissiyasining 2018 yil 15 oktabrdagi 4-son bayonnomasiga muvofiq «PWC — Pricewaterhouse Coopers» MChJ g‘olib deb e'lon qilindi.
 
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yozida PwC birinchi marta O‘zbekiston kompaniyalari rahbarlari o‘rtasida so‘rov o‘tkazgandi.

 

Mavzuga oid