Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iordaniyada avtobus suv ostida qolishi oqibatida 20 o‘quvchi yo‘qolib qoldi
Iordaniyada O‘lik dengiz hududida avtobusning kuchli yomg‘irlardan keyin suv ostida qolishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi, kamida 20 o‘quvchi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Iordaniya fuqarolik mudofaasiga iqtibos keltirgan holda al-Ghad nashri ma'lum qildi.
O‘quvchilarni ekskursiyaga olib ketayotgan avtobusda hammasi bo‘lib 44 kishi, jumladan 37 o‘quvchi va ularni kuzatib borgan 7 katta yoshli odam bo‘lgan. Halokatda 17 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 11 kishi jarohat olgan.
25 oktabrda Suriya, Livan va Iordaniyada kuchli yomg‘irlar kuzatilgan. Ma'lum qilinishicha, o‘quvchilarni olib ketayotgan avtobus to‘satdan jala boshlanganda Zarka Main vodiysida bo‘lgan.
“Fuqarolik mudofaasi kuchlari 15 kishini qutqarib olishgan, 20 nafar bedarak yo‘qolgan o‘quvchi qidirilmoqda, chunki suv oqimlari avtobusni olib ketgan”, deyilgan xabarda.
Voqea joyiga qirollik bosh vaziri yo‘l olgan. O‘quvchilarni qidirishga vertolyotlar jalb qilingan.
Mavzuga oid
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
13:30 / 07.05.2025
O‘zbekistonda ilk bor yomg‘irni sun’iy yog‘dirish texnologiyasi sinab ko‘rilmoqda
18:30 / 13.04.2025
14 aprel kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
13:00 / 07.04.2025