Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr Rossiyadan yangi MiG-29 qiruvchilari va raketalar oldi
Misr harbiy-havo kuchlari Rossiyaning “havo-sirt” sinfidagi tovush tezligidan yuqori, o‘rta masofalarga mo‘ljallangan raketalari va MiG-29M/M2 ko‘p maqsadli qiruvchi samolyotlarini oldi. Bu haqda Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy matbuot xizmati tomonidan e'lon qilingan suratlarga iqtibos keltirgan holda Janes nashri xabar qildi.
Suratlardan birida Rossiya tomonidan yetkazib berilgan aviatsiya texnikasi bilan tanishish uchun aviabazaga kelgan prezident harbiylar bilan birga ikki kishilik MiG-29M/M2 samolyoti va ikkita X-31 raketasi oldida turgan holda tasvirlangan.
Ma'lum qilinishicha, Rossiya va Misr o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlik sohasida 2014 yilda imzolangan 3,5 mlrd dollarlik shartnomalar paketi bor. Kelishuvda Qohiraga Rossiyaning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari, artilleriya, o‘qotar qurol hamda aviatsiya yetkazib berish ko‘zda tutilgan.
Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiya Misrga MiG-29M/M2’dan 46 dona yetkazib berishi kerak. Hozirda Misrga shartnoma bo‘yicha 6 ta samolyot yetkazib berilgan.
Mavzuga oid
14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
19:47 / 13.05.2025
Misrda 5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun ushlandi
08:40 / 13.05.2025