Tender bahonasida 57 500 dollarni o‘zlashtirgan shaxs qo‘lga olindi
Xorazm viloyatining Xonqa tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Joriy yilning 25 oktabr kuni tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, Qirqyop qishlog‘ida yashovchi Sh.B. shu yil 8 iyul kunidan 13 iyul kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi Sh.Yu. rahbarligidagi korxonani o‘tkazilgan tenderda qatnashishi uchun yordam berishligini va buning uchun bankka pul to‘lash kerakligini aytib, aldov yo‘li bilan undan 57 500 AQSh dollarini olib, shu kungacha bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyoji yo‘lida ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.
Sh.B. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:40 / 18.09.2024
Urganch davlat universiteti tomonidan o‘tkazilgan tenderda qonunbuzilishi aniqlandi
11:40 / 10.09.2024
Xorazmda 4 tup daraxt kesgan shaxs jarima va zarar uchun 27,8 mln so‘m to‘laydi
10:43 / 05.09.2024
Latviya Xorazmda matematika va IT yo‘nalishida maktab ochadi
18:31 / 19.08.2024