Jahon | 09:36 / 29.10.2018
15277
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada halokatga uchragan samolyotda 188 kishi bo‘lgan

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Indoneziyada halokatga uchragan samolyot bortida 188 kishi bo‘lgan. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar «Boing» bo‘laklari va yo‘lovchilar buyumlarini dengizdan chiqarib olishni boshlashgan.

Qayd etilishicha, kemalar va vertolyot samolyot parchalarini Yava oroli qirg‘og‘iga juda yaqin yerda aniqlashgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lion Air aviakompaniyasining Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti Jakarta aeroportidan parvoz qilgach halokatga uchragani xabar berilgandi.

Samolyot parvozga chiqqanidan keyin taxminan o‘n daqiqa o‘tib radarlardan yo‘qolib qolgan. Jakartadan Indoneziyaning Banka orolidagi Pankalpinang shahriga JT-610 reysini amalga oshirayotgan Boeing 737 samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 6:20da (Toshkent vaqti bilan 4:20) parvoz qilgan va soat 6:33da yo‘qolgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid