Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyadagi Boeing halokatida hech kim omon qolmagan
Indoneziya qirg‘oqlari yaqinida qulagan yo‘lovchi samolyotining halokati oqibatida hech kim tirik qolmagan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bu haqda Indoneziyaning Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha milliy agentligi vakili ma'lum qildi.
Avvalroq, Indoneziyadagi Boeing halokatga uchragan joydan video e'lon qilingandi.
Lion Air aviakompaniyasining Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti Jakarta aeroportidan parvoz qilgach halokatga uchradi. Samolyot parvozga chiqqanidan keyin taxminan o‘n daqiqa o‘tib radarlardan yo‘qolib qolgan. Jakartadan Indoneziyaning Banka orolidagi Pankalpinang shahriga JT-610 reysini amalga oshirayotgan Boeing 737 samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 6:20da (Toshkent vaqti bilan 4:20) parvoz qilgan va soat 6:33da yo‘qolgan. Indoneziyada halokatga uchragan samolyot bortida 188 kishi bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:17 / 22.05.2025
AQShda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
17:17 / 14.05.2025
Tramp Qatar tomonidan sovg‘a qilinadigan qasr-samolyotni Pentagonga topshiradi
23:29 / 13.05.2025