Jahon | 20:21 / 31.10.2018
8096
1 daqiqa o‘qiladi

Eyfel minorasining bir qismi sotuvga qo‘yiladi

Foto: Scanpix/AFP

Parijda Artcurial auksion uyida Eyfel minorasidan 1983 yilda demontaj qilingan zinapoyaning bir qismi sotuvga qo‘yiladi. Ma'lum qilinishicha, minoraning bu qismi 4 metrdan ko‘proq balandlikka ega va 25 ta zinadan iborat. 

Ushbu eksponat minoraning 2- va 3-sathlarini bog‘lagan, 1889 yildagi original zinapoyaning bir seksiyasi hisoblanadi. Auktsion 27 noyabrda o‘tkaziladi. Zinapoyaning boshlang‘ich narxi 60 ming yevro qilib belgilangan va u auksiongacha ko‘rgazmada turadi. 

Zinapoya Eyfel minorasining oxirgi ikkita sathlari orasida lift o‘rnatilgandan keyin yechib olingan. Zinapoyaning po‘lat qismi 2 metrdan 9 metrgacha balandlikdagi 24 ta seksiyaga kesilgan.

Hozirda zinapoyaning bu qismlari nufuzli tashkilotlar va xususiy kolleksiyalarda saqlanadi.

Mavzuga oid