Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mo‘g‘uliston prezidenti parlament tarqalmasa ochlik e'lon qilishga tayyorligini ma'lum qildi
Mo‘g‘uliston prezidenti Xaltmaagiyn Battulga mahalliy telekanal efirida agar mamlakat parlamenti tarqalmasa, ochlik e'lon qilishga tayyorligini ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, Battulga parlament raisiga parlamentning tarqatilishi masalasini muhokama qilishni taklif qilgan maktub topshirgan.
Prezident ushbu maktubda 2016 yilgi saylovlar natijasida shakllantirilgan parlament va vazirlar mahkamasini qoralagan. Battulga ularni saylovoldi va'dalarini bajarmaslikda va davlat boshqaruvini amalga oshirishda qonunga muvofiq ishlay olmaslikda ayblagan.
“Mo‘g‘uliston konstitutsiyasida davlat hokimiyati xalqqa tegishli ekani aytilgan. Bu holatda a'zolari fuqarolar tomonidan saylanuvchi davlat hokimiyatining oliy organi fuqarolarning ishonchi va qo‘llab-quvvatlovini yaqqol yo‘qotgan va o‘z vazifalarini boshqa bajarishga qodir emas”, deb yozilgan Mo‘g‘uliston prezidenti saytida.
Mavzuga oid
17:48 / 13.05.2025
Mo‘g‘ulistonning Hunnu Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
07:37 / 10.04.2025
Toshkentda Parlamentlararo ittifoqning yubiley assambleyasida 140 davlatdan 2000 ga yaqin delegat qatnashdi
14:13 / 06.04.2025
Dunyo parlamentlarida ayol siyosatchilarning soni va nufuzi ortmoqda - Martin Chungong
15:25 / 03.04.2025