Sport | 16:48 / 01.11.2018
20434
2 daqiqa o‘qiladi

«Real» «Yuventus» bilan o‘yinchi almashishni xohlamoqda

Foto: Getty Images

«Real» va «Yuventus» klublari futbolchilar almashinuvini amalga oshirishi mumkin, deb xabar tarqatdi Tuttosport.

Nashrning keltirishicha, himoyachi Marselo Turinga, uning «keksa sinora»dagi hamkasbi Aleks Sandro Madridga yo‘l olishi ehtimoli bor.

Qayd etilishicha, «Yuve» uzoq vaqtdan buyon Sandro bilan bitimni uzaytirish borasida kelisha olmayapti (amaldagi shartnoma 2020 yilgacha mo‘ljallangan). Ispanlar tomonida esa Marselo portugaliyalik sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronalduning ortidan Italiyaga yo‘l olishni istamoqda.

Manbaga ko‘ra, futbolchi ayirboshlash varianti aynan «qirollik klubi»ni ko‘proq qiziqtirmoqda. «Real»dagilar «Yuventus»dan kompensatsiya olishni ham ko‘zlashmoqda, boisi rahbariyat braziliyalik himoyachini 60, Sandroni esa 45 million yevroga baholagan. Ammo o‘yinchilar yoshi o‘rtasidagi tafovutni hisobga olib (Marselo 30, Sandro 27 yosh), klublar qo‘shimcha to‘lovlarsiz o‘yinchi almashishi imkoniyati ham yo‘q emasligi aytilgan.

Ushbu transfer amalga oshishiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan yagona faktor sifatida ikki o‘yinchining maoshida sezilarli farq borligi keltirilmoqda. Aleks Sandroning yillik maoshi 2,8 mln yevroni tashkil etsa, Marseloga yiliga 10 million ish haqi to‘lanadi.

Mavzuga oid