Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mbappe va Neymarning navbatdagi gollaridan so‘ng «PSJ» kuchli beshlikning tarixiy rekordini yangiladi
Fransiya birinchi divizionining 12-turi markaziy bahs bilan ochib berildi.
«PSJ» o‘z maydonida eng yaqin ta'qibchisi «Lill»ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi. O‘yinning 70-daqiqasiga kelib Kilian Mbappe tomonidan hisob ochildi, birozdan so‘ng Neymar farqni ikkitaga yetkazdi. Mezbonlarning ikki yulduz o‘yinchisi kiritgan gollarga «Lill» 90-daqiqada Pepening penaltidan urgan goli bilan javob qaytardi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Parij grandi kuchli beshlik chempionatlari tarixida mavsumni ketma-ket 12 ta g‘alaba bilan boshlagan ilk klub bo‘di. Tomas Tuxel jamoasi bundan oldingi rekord – 1960/61 yillar mavsumi boshida «Tottenhem» qayd etgan natijani o‘tgan turda takrorlagan edi.
Ma'lumot uchun, «PSJ» bundan 48 yil oldin tashkil topgan bo‘lib, o‘z tarixida 7 marta Fransiya chempioni bo‘lishga erishgan, bu sovrinlardan 5 tasi oxirgi 6 yil ichida qo‘lga kiritilgan. Yevropada maydonlarida esa 1996 yilda UYeFA Kubok egalari kubogi g‘olibi bo‘lgan.
Fransiya chempionati, 12-tur
2 noyabr
PSJ – Lill 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 70 Mbappe, 2:0 – 84 Neymar, 2:1 – 90, penalti Pepe.
PSJ – Buffon, Markinos (Nsoki, 90), Tiago Silva, Kerer, Mene, Di Mariya, Verratti (Rabo, 90), Draksler, Bernat (Diabi, 90), Mbappe, Neymar.
Lill – Menyan, Chelik, Fonte, Sumaoro, Ballo, Tiago Mendes, Sheka (Sumare, 82), Pepe, Ikone (Luis Araujo, 76), Bamba, Rafael Leau (Ruy Fonte, 53).
Ogohlantirishlar: Ballo (1), Bernat (19), Tiago Mendes (46), Verratti (54), Chelik (56).
3 noyabr (shanba)
21:00. Lion – Bordo
23:59. Strasburg – Tuluza
23:59. Reyms – Monako
23:59. Nitstsa – Amen
23:59. Dijon – Nim
23:59. Kan – Renn
4 noyabr (yakshanba)
19:00. Nant – Gengam
21:00. Sent-Eten – Anjye
01:00. Monpele - Marsel
Mavzuga oid
09:45 / 25.05.2025
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
13:50 / 30.04.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
10:25 / 30.04.2025