Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahram G‘iyosovning navbatdagi raqibi ma'lum. U professional boksda 50dan ortiq jang o‘tkazgan bokschiga qarshi ringga chiqadi
Olimpiya o‘yinlari sovrindori, havaskor boksda jahon chempioni Shahram G‘iyosov 24 noyabrda professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi. Shu kuni G‘iyosovga meksikalik charm qo‘lqop ustasi Migel Zamudio raqiblik qiladi.
Ma'lumot uchun, Shahram bugungi kungacha professional boksda 5ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. U 4ta bahsni muddatidan oldin yakunlay olgan.
27 yoshli Zamudio esa professional boksda 53 marotaba jang qilishga ulgurgan. Janglarning 41tasida u g‘alaba qozongan (25tasi nokaut evaziga). 11ta jangda esa mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan (9ta nokaut). Yana bitta jangda esa durangga erishgan.

Mavzuga oid
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi
08:07 / 06.04.2025