Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreyada Kim Chen In suratlari ilk bor ommaviy namoyish qilindi
Shimoliy Koreyada mamlakat yetakchisi Kim Chen Inning suratlari ilk bor ommaviy namoyish qilindi. Bu haqda “Ryonxap” axborot agentligi xabar berdi.
Shimoliy Koreyaga kelgan Kuba yetakchisi Migel Dias-Kanel bilan uchrashuv vaqtida ikki davlat yetakchisining suratlarini Pxenyan xalqaro aeroportida ko‘rish mumkin bo‘lgan.
“Shimoliy Koreya asoschisi Kim Ir Sen va uning o‘g‘li Kim Chen Irning suratlari majburiy ravishda har bir davlat muassasasi va har bir xonadonda osig‘liq turadi, biroq Shimoliy Koreyada Kim Chen Inning surati ilk bor rasman namoyish qilinmoqda”, deb qayd qilib o‘tilgan Janubiy Koreya axborot agentligida.

Janubiy Koreyada Kim Chen In suratining namoyishga qo‘yilishi uning shaxsiga sig‘inish boshlanganidan darak berishi haqidagi fikrga kelingan.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
19:20 / 10.05.2025
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi
17:46 / 09.05.2025