Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boeing 737 Max samolyoti bilan bog‘liq muammolar 246 ta samolyotni qamrab olishi mumkin
Boeing 737 Max samolyoti bilan bog‘liq muammolar butun dunyo bo‘ylab 246 ta samolyotni qamrab olishi mumkin. Bu haqda AQSh fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi (FAA) bayonotida aytilgan.
“Boeing ekipajlarga mo‘ljallangan, datchiklardan xato ma'lumotlar uzatilishi mumkinligi haqidagi byulletenni chiqardi. Samolyotning gorizontal stabilizatorlari samolyot tumshug‘ini pastga tushirishi mumkin, bu esa samolyotni boshqarishda muammolarga olib keladi”, deyilgan xabarda.
“FAA bu haqda Boeing 737 Max samolyotlaridan foydalanuvchi mahalliy aviatashuvchilar va boshqa davlatlar aviatsiya idoralarini ogohlantirdi. Bu muammo butun dunyo bo‘ylab 246 ta samolyotni qamrab oladi”, deb qo‘shimcha qilingan xabarda.
Avvalroq Bloomberg axborot agentligi bir manbaga iqtibos keltirgan holda Boeing kompaniyasi o‘zining yangi modeli Boeing 737 Max’dan foydalanayotgan aviakompaniyalarga ushbu samolyotlar parvoz nazorati tizimining xato ko‘rsatkichlari sababli o‘z-o‘zidan tumshug‘i bilan pastga sho‘ng‘ishi mumkinligi haqida ogohlantirish jo‘natmoqchiligini ma'lum qilgandi. Manbaning tushuntirishicha, bu ogohlantirish Indoneziyaning Lion Air aviakompaniyasiga tegishli samolyot halokati tergovining dastlabki natijalariga asoslangan.
Mavzuga oid
23:17 / 22.05.2025
AQShda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor
17:17 / 14.05.2025
Tramp Qatar tomonidan sovg‘a qilinadigan qasr-samolyotni Pentagonga topshiradi
23:29 / 13.05.2025
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
23:57 / 09.05.2025