Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Madrimov professional boksga o‘tdi. U shu oy ilk jangini o‘tkazadi
Osiyo o‘yinlari va Osiyo chempionati g‘olibi Isroil Madrimov faoliyatini professional boksda davom ettiradigan bo‘ldi. U Rossiyaning «Mir boksa» promouterlik kompaniyasi bilan kelishuvga erishgan.
«Hurmatli do‘stlar, men faoliyatimda muhim qadam tashlaganimni va professional boksga o‘tishimni mamnuniyat bilan e'lon qilmoqdaman. Bu borada ko‘plab takliflar oldim va prof boksda o‘z kelajagimni ishonishim mumkin bo‘lgan «Mir boksa» tashkiloti bilan hamkorlik qilishga qaror qildim. Bunday imkoniyatga ega bo‘lganimdan juda xursandman va bundan minnatdorman», – dedi Isroil Madrimov.
Eslatib o‘tamiz, Madrimov Indoneziya mezbonlik qilgan XVIII Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasi bayroqdori vazifasini bajargan va musobaqada oltin medalga ega chiqqandi.
Isroil professional boksdagi debyut jangini 24 noyabr kuni Atlantik-Siti shahrida o‘tkazadi. Vladimir Ernandesga qarshi kechadigan bahs 10 raunddan iborat bo‘ladi. Ma'lumot uchun, Ernandes professional boksda 12 ta jang o‘tkazib, ularning 10 tasida g‘alaba qozongan (7 ta jangda nokaut evaziga), 2 marotaba mag‘lubiyatga uchragan.
24 noyabrda, Madrimovdan tashqari, «Mir boksa» promouterligidagi yana ikki o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi: Shahram G‘iyosov meksikalik charm qo‘lqop ustasi Migel Zamudioga qarshi oltinchi jangini o‘tkazsa, Murodjon Ahmadaliyev amerikalik bokschi Isak Zarate bilan bahsda prof-ringdagi ilk kamarini himoya qiladi.
Bugun, 10 noyabr kuni Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini amerikalik Zak Remsiga qarshi o‘tkazadi. Kecha esa Sanjar Tursunov professional boksdagi debyutida meksikalik raqibini nokautga uchratgan edi.
Mavzuga oid
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi
08:07 / 06.04.2025