Jahon | 13:10 / 10.11.2018
5323
1 daqiqa o‘qiladi

Tailandlik tadbirkor Fortune jurnalini 150 mln dollarga sotib oldi

Foto: AFP

Amerikaning Meredith Corp mediaxoldingi o‘zining Fortune jurnalini 150 mln dollarga sotdi. Tailandlik tadbirkor Chatchaval Jiaravanon uning egasiga aylandi. O‘zaro kelishuv shu yilning oxiriga qadar amalga oshadi. 

Jiaravanon Tailanddagi oziq-ovqat sanoati, chakana savdo, telekommunikatsiya, elektron tijorat, farmakologiya, avtomobilsozlik va moliya sohalarida aktivlarga ega bo‘lgan Charoen Pokphand Group kompaniyasi egasi bo‘lgan oila a'zosidir. 

Jiaravanon Fortune jurnalini shaxsiy mablag‘iga sotib olmoqda. Alan Marrey Fortune prezidenti lavozimini saqlab qoladi, tahririyat xodimlari esa Nyu-Yorkda ishlashni davom ettirishadi.

Jurnalning birinchi soni 1930 yilda chiqqan. Jurnal o‘zining Fortune 500 «40 dan 40 gacha» kabi reytinglari bilan mashhur.

2018 yilda Fortune nashrining davriyligi 2017 yilgi 17ta sondan 12ta songa tushib ketdi, adadi esa birinchi yarim yillikda 752 202 nusxaga qisqardi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid