Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bo‘ydoqlar kuni»da Alibaba Group bir soat ichida 10 milliard dollarlik mahsulot sotdi
Xitoyda bugun bo‘lib o‘tayotgan “Bo‘ydoqlar kuni”da Alibaba Group reteylerlari bir soatda 10 mlrd dollarlik mahsulot sotdi.
Alibaba Group’ga tegishli Tmall savdo maydonchasida aksiya boshlanganining dastlabki ikki daqiqasida 1,44 mlrd dollarlik savdo qilingan.
Dastlabki bir soat ichida reteylerlar 69 mlrd yuan (9,92 mlrd dollar) ishlashgan, bu o‘tgan yilgiga nisbatan 21%ga ko‘pdir (57 mlrd yuan).
Alibaba Group vakillarining so‘zlariga ko‘ra, bu yilgi chegirma aksiyasida 75 mamlakatdan 19 mingta brend ishtirok etgan.
“Bo‘ydoqlar kuni” ilk bor o‘tgan asrning 90-yillarida Nankindagi universitetlarda nishonlana boshlangan. Uning bu nomni olishiga sabab esa o‘tkazilish sanasi bo‘lib (11.11), bu raqamlar oila qurmagan insonlarni ifodalaydi.
Alibaba 2009 yildan buyon o‘z savdo maydonchalarida keng miqyosdagi chegirma aksiyalarini o‘tkazib keladi.




Mavzuga oid
13:49 / 30.01.2025
Alibaba DeepSeek’dan ustun sun’iy intellekt ishlab chiqqanini ma’lum qildi
20:31 / 03.05.2022
Ma ismli shaxs hibsga olingani to‘g‘risidagi xabardan so‘ng Alibaba aksiyalari narxi tushib ketdi
14:12 / 26.10.2021
Xitoylik bloger 12 soatlik jonli efir chog‘ida 340 mln dollar ishlab topdi
22:43 / 25.10.2021